12:46 Quvaytda jonli efir paytida boshlovchi ko`rsatuv mehmonini yoqib yubordi | |
Quvaytda komediya shousida boshlovchi, jonli efirda ko`rsatuv mehmonining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. Quvaytlik, mashhur boshlovchi Jasem Rajab ko`rsatuv mehmonini Instagram ijtimoiy tarmog`ining “eng baqiroq odami”, deb atadi va uning ustiga benzin quyib yoqib yubordi. U bor-yo`g`i bir-ikki soniya yongach, s`yomka guruhi xodimlari olovni o`chirishdi. Mazkur video Youtube ga joylashtirilib, bu tryukni takrorlamaslik to`g`risida izoh qoldirildi. Videorolikning barcha ishtirokchilari xavfsizlik choralariga rioya qilishgani ta`kidlandi. Shou boshlovchisining so`zlariga qaraganda, mehmonning tanasi maxsus qatlam bilan himoyalangani bois hech qanday og`riqni his qilmagan. Bundan tashqari, ular olovni o`to`chirgich bilan o`chirishgan. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari boshlovchi Jasem Rajabni “vahshiyona tryuk” uchun jazolashni talab qilgan. Manba: Darakchi.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |