Marokand.Net - Мултимедный Портал » Qadimiy ulkan hayvonlarning qirilib ketish sababi aniqlandi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:07
Qadimiy ulkan hayvonlarning qirilib ketish sababi aniqlandi
Amerikalik va avstraliyalik
olimlar hozirgi Avstraliya,
Tasmaniya va Yangi Gvineyani
birlashtirgan Saxul
superqit’asida so‘nggi muz
davrida yashab o‘tgan ulkan
hayvonlarning qirilib ketishi
asosiy sabablaridan birini
aniqladi, deb yozadi
EurekAlert!

Ushbu sut emizuvchilar nobud
bo‘lishiga, olimlar fikricha,
ularning yem-xashak bazasi
kambag‘allashishi sabab
bo‘lgan. “Iqlim quruqlashib
borgani sari, hayvonlarning
ovqatlanish tartibi keskin
o‘zgargani borasida dalillarni
topdik”, — dedi tadqiqot
hammuallifi Larisa DeSantis.

Bunday xulosaga olimlar
zamonaviy Avstraliya hududida
350—570 ming yil avval —
yirik organizmlar keng
tarqalgan davrda hamda 30—
40 ming yil avval — ular qirilib
ketgan vaqtda yashagan
o‘txo‘rlar ratsionini solishtirib
ko‘rish orqali keldi. Hayvonlar
tishlaridagi kislorod va
uglerod izotoplari
mutaxassislarga
organizmlarning ovqatlanish
ratsionini hamda suyak hosil
bo‘lish paytidagi atrof-muhit
harorati va namligini baholash
imkonini berdi.

Olimlarning ushbu tadqiqoti
Saxul faunasining yirik
vakillarini superqit’ada paydo
bo‘lgan odamlar qirgani
haqidagi gipotezani bilvosita
rad etadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 588 | Добавил: ADMIN | Теги: Qadimiy ulkan hayvonlarning qirilib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: