Marokand.Net - Мултимедный Портал » Permda robot sinov poligonidan qochib ketdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

07:31
Permda robot sinov poligonidan qochib ketdi
Rossiyaning Perm shahrida o‘tkazilgan
sinovlar paytida robot poligondan
tashqariga, katta yo‘lga chiqib ketishi
oqibatida tirbandlik yuzaga keldi. Bu
haqda, “Promorobot” MChJ hammuassisi
Oleg Kivokursevning so‘zlariga asoslanib,
“RBK” xabar bermoqda.

Aytilishicha, robot yopiq makonda
harakatlanishga o‘rgatilayotgan edi.
Mashg‘ulot paytida poligonga kirgan
muhandis darvozani yopishni unutgan,
buning natijasida bir muddatdan so‘ng
robot poligonni tark etgan, mutaxassislar
esa bundan bexabar qolgan. Shundan
so‘ng mashina Perm markazidagi
avtomobil yo‘liga borib, o‘sha yerda o‘chib
qolgan.

Robot poligondan 50 metr nariga ketib
qolgani aytilmoqda. U yo‘l o‘rtasida
mashina 30 daqiqa davomida turgan.

Instagram’da voqea joyida tushirilgan
fotosurat va video e’lon qilindi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 568 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: