Marokand.Net - Мултимедный Портал » Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o`zlari tanlashi mumkin
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

13:10
Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o`zlari tanlashi mumkin
Pensiyalarni to`liq hajmda naqd pulda to`lashni ko`zda tutgan O`zbekiston Prezidentining 2 fevraldagi qarori mamlakatning ko`plab pensionerlari uchun uzoq kutilgan yangilik bo`ldi. Ayni paytda, plastik kartochkalarning afzalligini e`tirof etayotganlar ham ko`pchilikni tashkil etmoqda. Xususan, «Gazeta.uz"ga murojaat qilgan ayrim pensionerlar mazkur masalaning noaniqligicha qolayotganidan xavotirini bildirib, kartalarning ustun jihatlari: pulning tezroq tushishi, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to`lovning qulayligi va hokazolarni ma`lum qilmoqda.

Shu munosabat bilan tahririyat Markaziy bank matbuot xizmatiga tushuntirish so`rab murojaat etdi. Aniqlanishicha, Markaziy bank ham ayni shu masalada ko`p miqdordagi murojaatlarni qabul qilib olgan. Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, pensiyani to`lash shaklini tanlash uchun pensionerlar yashash joyi bo`yicha byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bo`limlariga murojaat etishlari lozim.

Barcha bo`limlar tegishli ariza blankalari bilan ta`minlangan bo`lib, ularda pensionerlar kelgusida pensiyani qanday shaklda — to`liq naqd, to`liq kartaga, qisman naqd va qisman kartaga — olishni istashini belgilashi mumkin.

MB qonunchilikka muvofiq mablag`larni plastik kartalarga o`tkazish fuqaroning byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bo`limida pensiyaning bir qismini kartaga o`tkazish haqidagi yozma arizasiga asosan amalga oshirilishini eslatib o`tdi. Pensiya jamg`armasi bo`limi bankka fuqaro arizasida ko`rsatilgan pul mablag`ini bankka o`tkazib beradi.

Pensiyalarni to`lash uchun naqd pullarni banklar kassasidan tarqatilishi pochta bo`limlari jadvali asosida amalga oshiriladi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Mahalliy | Просмотров: 454 | Добавил: ADMIN | Теги: Pensionerlar nafaqa pulini qanday s | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: