16:18 Pekinda 2017-yilda ilk bor odamning parranda grippiga chalinish holati aniqlandi | |
Pekin rasmiylari 2017-yilda ilk bor Xitoy poytaxtida odamning H7N9 parranda grippiga chalinish holatini qayd etdi. Bu haqda 12-fevral, yakshanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Bemor Xebey provinsiyasiga qo‘shni Lanfan shahrida istiqomat qiluvchi 68 yoshli Chjan ismli erkak ekanligi aniqlandi. Hozirgi paytda u shifoxonada og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilinmoqda. Erkakda kasallik belgilari 29- yanvar kuni yuzaga chiqa boshlagan. Unga mahalliy shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, 6-fevral kuni Pekinga ko‘chirilgan. 11- fevral, shanba kuni pekinlik shifokorlar uning parranda grippiga chalinganligini tasdiqladi. XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 2016-yilning dekabr oyi boshidan buyon Xitoyda odamlarning H7N9 parranda grippiga chalinishi bilan bog‘liq 106 ta holat aniqlangan. Manba: Daryo.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |