Marokand.Net - Мултимедный Портал » Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun...
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:11
Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun...
— Ko`pincha egan ovqatim hazm bo`lmay, qiynalaman. Qanday chora ko`rsam ekan-a?

Salomat, Jizzax shahri.

Elmira Muhammadieva, terapevt:

Ovqat singishiga yordam beradigan shunday bir muolajani uy sharoitida qo`llasangiz bo`ladi: moychechak, qizil poycha (zveroboy), bo`znoch (bessmertnik), ertut (zemlyanika) barglari va oqqayin kurtagining har biridan 100 grammdan olib, yaxshilab aralashtiring. Shuning ikki osh qoshig`ini termosga solib, ustiga 400 gramm qaynoq suv quying. 7-8 soat tursin. Har kuni ikki mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq holida ichishingiz kerak. Agar damlamani taxir holida icholmasangiz ichiga bir choy qoshiq asal soling. Muolaja muddati - ikki oy.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 405 | Добавил: ADMIN | Теги: Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: