15:14 Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti? | |
Barchamizga ma`lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo`lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo`layotgan o`zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni etkazib bering. 1. A vitamini. Terining єuruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og`iz bo`shlig`ining kasallanishi, ko`rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori etishmayotganining alomatlari hisoblanadi. 2. B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta`sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo`l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi. 3. B2 vitamini. Stomatit va og`iz chetlarida yorilishlar, kon`yuktivit, ko`zdan suv (yosh) oqishi va ko`rish qobiliyatining sustlashishi, ko`z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug`likdan qo`rqish kasalligi, og`iz bo`shlig`ida quruqlik. 4. B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoє, doimiy bosh og`riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi. 5. B6 vitamini. Bemajollik, to`satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og`riqlar, dermatit. 6. B12 vitamini. Kamqonlik, soch to`kilishi, gastrit. 7. S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og`izdan yoqimsiz hid kelishi. 8. Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko`rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to`qimalaridagi muammolar. 9. D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o`zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho`chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi. 10. Vitamin E. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og`riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo`lishi, qadam tashlashning o`zgarishi, pigment dog`lar paydo bo`lishi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |