Marokand.Net - Мултимедный Портал » Omskda suv quvuri ta’miri chog‘ida mamont suyaklari topildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

13:20
Omskda suv quvuri ta’miri chog‘ida mamont suyaklari topildi
Rossiyaning Omsk shahrida “Omskvodokanal” ishchilari suv quvuri ta’miri chog‘ida mamont skeletiga duch keldi. Bu haqda Omsk tarix-o‘lkashunoslik muzeyi tabiat bo‘limi mudiri, biologiya fanlari nomzodi Veronika Nikonova ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

“Ishchilar katta yoshdagi, biroq unchalik yirik bo‘lmagan mamont suyaklari to‘pini 6-oktabr, payshanba kuni kechki payt topdi. Ertasiga muzeyga umurtqa, bosh, jag‘, qovurg‘a, bilak va tirsak suyaklari yetkazildi. Suv quvuri ta’miri to‘xtatildi. 10-oktabr, dushanba kunidan u yerda arxeologlar ishlaydi”, — deya ta’kidladi Nikonova.

Muzey direktori Pyotr Vibega ko‘ra, bir joyda qadimiy jonivor suyaklarining to‘planishi noyob topilma. Ular sinchiklab ekspertizadan o‘tkaziladi, so‘ng ko‘rgazmada namoyish etiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 474 | Добавил: ADMIN | Теги: Omskda suv quvuri ta’miri chog‘ida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: