Marokand.Net - Мултимедный Портал » Olimlar Marsda yetishtiriladigan sabzavotni yeyishli deb topdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:45
Olimlar Marsda yetishtiriladigan sabzavotni yeyishli deb topdi
Marsga yo‘l oladigan yangi missiyani
tayyorlashda ishtirok etayotgan
gollandiyalik olimlar Mars tuprog‘ining
muqobilida o‘stirilgan sabzavotlarni yeb
bo‘lishini e’tirof etdi. Bu haqda Naked
Science nashri xabar bermoqda.

Mars ovqatini yetishtirish bilan
Niderlandiyadagi Vageningen universiteti
olimlari shug‘ullandi. Birinchi hosil rediska,
no‘hat, javdar va pomidordan iborat bo‘ldi.
Bo‘lajak missiya ishtirokchilari nafaqat
tayyor taomlar, balki ekish uchun
urug‘likni ham o‘zlari bilan olib ketishi
ko‘zda tutilmoqda. Shu bois NASA’da Mars
tuprog‘ining muqobili ishlab chiqilib, unda
tajribalar o‘tkazildi.

Tuproq yaratilgan 2013-yildan buyon
olimlar 10 marotaba hosil oldi, ammo shu
paytgacha yetishtirilgan sabzavotni yeb
bo‘lish-bo‘lmasligi noma’lum edi.

Tadqiqotchilar sabzavot mahsulotlarida
og‘ir metallar — kadmiy, mis va
qo‘rg‘oshinning ko‘p bo‘lishi
mumkinligidan xavotirda edi. Yaqindagina
yangi hosilda og‘ir metallarning kamligi
aniqlandi.

Yana to‘rt turdagi sabzavot, shu jumladan,
kartoshkani ham sinovdan o‘tkazish
galdagi vazifalardan biri.

Tadqiqot kraudsorsing kampaniyasi
hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 431 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: