18:35 Olimlar inson umrini 18 yilga uzaytirish mumkinligini aniqladi | |
Shifokorlar nosog`lom turmush tarzining inson umri davomiyligiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlab, sport bilan muntazam ravishda shug`ullanish hamda zararli odatlardan voz kechish inson umrini 18 yilgacha uzaytirish mumkinligini ta`kidlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti” nashri. Mazkur tadqiqot Kanada aholisi misolida sinab ko`rildi. Olimlarning aniqlashicha, ichuvchi va chekuvchilar, sport bilan shug`ullanmaydigan va nosog`lom turmush tarzini kechiruvchilar sog`lom turmush tarzini kechiruvchi insonlarga nisbatan 17,9 yil kamroq yashashar ekan. Avvalroq tadqiqotchilar tungi rejimda ishlovchilarda biologik va ijtimoiy ritm buzilishi sabab saraton kasalligi va utrli o`smalar, ortiqcha vazn va oshqozon yarasi ko`p uchrashini aniqlagan edi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |