11:15 Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi" | |
Chiroyli ayollar bilan munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o`z o`rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo`lishi mumkin ekan. "Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi", deb xabar qiladi “tib.islom.uz”. Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o`tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o`yini vazifalarini echishi kerak edi. Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo`lganida stress gormonining darajasi yuqori bo`lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holattga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko`ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg`iz qolish erkak qonida ko`p miqdorda kortizolning xosil bo`lishiga sabab bo`ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi. Kortizolning ko`payib ketishi xujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibat diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta`sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga etib borishiga yordam beradi, ba`zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor. Bunday natijalarni ko`rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo`lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e`tirof etibdilar. | |
|
Всего комментариев: 0 | |