Marokand.Net - Мултимедный Портал » Obid Asomov 6 yil avval tarqalgan “kaltaklangani” haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:30
Obid Asomov 6 yil avval tarqalgan “kaltaklangani” haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Mashhur so`z ustasi Obid Asomov bundan olti yil avval tarqalgan “Obid kaltaklanibdi” degan mish-mishlar qanday paydo bo`lganini tushuntirib berdi.

“ ‘Obidni urib tashlashibti!!’, ‘Aeroportda samolyotdan olib tushib, urib-urib qo`liga kishan taqib olib ketishdi, o`z ko`zim bilan ko`rdim!’. Olti yil avval bunday ‘xushxabar’ lar tarqalishiga sabab mana shu rasm! ‘Toxir Zuxra 2’ filmini suratga olish jarayoni! Yonimdagi kinodagi ‘ xotinim’ Fotima Rejametova!”,—deb yozadi Obid Asomov film suratga olish jarayoni aks etgan suratni izohlab.

“Baraka topgur, doimo faqat " haqiqat" ko`rsatadigan jurnalistlarimiz yuzimni o`zini kattalashtirib, " Obid kaltaklandi" deb nom qo`yib chiqarvorishgan! Ko`pchilik ishonib hol-ahvol so`rab qo`ng`irok qilishdi! Astoydil xursand bo`lganlar ham topildi!bu vokeani eslaganimning sababi, endi navbat Ozodbekka kelibdi!

‘Og`ir kasalmish’, ‘Konsertda yiqilib tushibdi’, ‘ Endi konsert berolmasmish!’ ‘Sergelida dom qurayotganmish!’ Xa, xalkimiz naqadar yaxshi ko`radi o`z san`atkorlarini! Ozodbek ukam, onam aytardilar,qancha ko`p g`iybat qilishsa shuncha gunohing to`kiladi, deb! Senda umuman gunoh qolmadiyov!!”,—deydi so`zlarini davom ettirar ekan Obid Asomov.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 421 | Добавил: ADMIN | Теги: Obid Asomov 6 yil avval tarqalgan “ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: