Marokand.Net - Мултимедный Портал » O‘z-o‘zini qayta tiklaydigan kiyim yaratildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:05
O‘z-o‘zini qayta tiklaydigan kiyim yaratildi
AQShning Pensilvaniya shtati universiteti
tadqiqotchilari achitqi va bakteriyalardan
xavfli muhitlarda ishlash uchun
mo‘ljallangan va qandaydir sababga ko‘ra,
zarar yetgan kiyimlarni tuzatishga qodir
bo‘lgan aralashmani ishlab chiqdi.
Tadqiqot natijalari ACS Applied Materials &
Interfaces jurnalida chop etildi.

Qayta tiklanishi kerak bo‘lgan mato bir
nechta eritmalarga botiriladi, shunda
musbat va manfiy zaryadlangan
polimerlardan iborat polielektrolit
moddasi qatlami hosil bo‘ladi. Aralashma
tarkibiga, shuningdek, ureazalar kiradi,
ular achitqi va bakteriyalarda uchraydigan
fermentlar bo‘lib, siydik tarkibidagi kristall
moddaning ammiak va uglerod dioksidiga
parchalanishini ta’minlaydi. Ular himoya
libosiga tegishi mumkin bo‘lgan zaharli
moddalarni zararsizlantiradi.

Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, mato bo‘laklari
bir-biri bilan mustahkam yopishib qoladi.
Polielektrolitning o‘zi halqa tishli kalmar
so‘rg‘ichlari atrofida aniqlangan oqsillarga
xos xususiyatlarga ega.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 598 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: