15:28 O`zbekistonda havo harorati 13 darajaga pasayadi | |
O`zbekistonga tez kunlarda Rossiyaning Povolojya hududidan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi. O`zgidrometdan xabar berishlaricha, shu sababli 29 sentyabrdan mamlakat hududida harorat pasayishi, shamol kuchayishi va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 29 sentyabr kuni respublikamizning aksariyat qismida yomg`ir yog`ishi, 30 sentyabr kuni esa ba`zi joylarda yomg`ir kuchayishi kutilmoqda. Poytaxtimizda havo harorati 29 sentyabr kuni tunda 13-18˚S, kunduzi 28-33˚S, 30 sentyabrdan 2 oktyabrgacha tunda 10-15˚S, kunduzi 20-25˚S bo`lishi kutilmoqda. Mamlakat shimolida termometr ustuni 17-22˚S gacha tushadi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |