15:49 O`zbekiston termasi “Ufa” klubini enga olmadi | |
Avstriyada o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston terma jamoasi Vyorgl shahrida Rossiya Premer-ligasi vakili “Ufa” klubi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazib, 2:2 hisobidagi durang natija qayd etdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. Uchrashuvning 2-daqiqasida rossiyaliklar hujumchisi Marsino hisobni ochdi. 19-daqiqada burchak zarbasidan etkazib berilgan to`pni Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga yo`lladi va hisobning 1:1 ko`rinish olishini ta`minladi. 21-daqiqada esa “Paxtakor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov aniq va kuchli zarbasi bilan O`zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning 59-daqiqada Marsino O`zbekiston milliy terma jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi. Bu - uchrashuvdagi so`nggi gol bo`lib qoldi. O`rtoqlik uchrashuvi “Ufa” – O`zbekiston 2:2 Gollar: Marsino (2, 59-pen.) - Eldor Shomurodov (19), Jamshid Iskanderov (21). Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |