Marokand.Net - Мултимедный Портал » Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni 720 dollardan sota boshladi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:09
Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni 720 dollardan sota boshladi
Nike kompaniyasi 1-dekabr, payshanba kuni bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan HyperAdapt krossovkalarini 720 dollardan sotishni boshladi, deb yozadi “Vedomosti”. Ularni faqat Nike+ dasturi orqali va Nike’ning Nyu-Yorkdagi yangi do‘konidan olish mumkin.

Bu shu bilan bog‘liqki, kompaniya riteylerlarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga intilmoqda. Bunday savdolarni u 2020-yilgacha ikki baravar ko‘paytirib, 16 milliard dollargacha yetkazmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Nike firmasi konsepsiyasi “Kelajakka qaytib-2” filmida taqdim etilgan krossovkaning real versiyasini mart oyida taqdim etgan edi.

Inson tovoni maxsus sensorga tegishi bilan oyoq kiyimining iplari o‘z-o‘zidan harakatga kelib, bog‘lanadi. Krossovka chekkasida ikkita tugma bo‘lib, ular bog‘lanishni zaiflashtirish yoki kuchaytirishga xizmat qiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 366 | Добавил: ADMIN | Теги: Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan kr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: