13:04 Nazarboyev Jeki Chan bilan uchrashdi | |
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik taniqli kinoaktyor Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda. Muloqot chog‘ida Nazarboyev Jeki Channing dunyo kinosidagi salmoqli o‘rnini e’tirof etdi va u bilan uchrashganidan mamnun ekanligini bildirdi. Jeki Chan o‘zining ijodiy rejalari, kino sanoati sohasida qo‘shma loyihalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumot uchun, Jeki Chan 2017-yil yozida Qog‘og‘istonda bo‘lgan va Xitoy kinosi kunlarida ishtirok etgandi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |