Marokand.Net - Мултимедный Портал » “Million” jamoasi Davron Kabulovsiz konsert beradi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

16:19
“Million” jamoasi Davron Kabulovsiz konsert beradi
“Million” kulgu jamoasi aprel oyida o`z sardorlari Davron Kabulovsiz konsert beradi. Konsert banneri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilmoqda. Unga ko`ra, jamoaning yangi konsert dasturi “Istiqlol” san`at saroyida 24-28 aprel kunlari bo`lib o`tadi.

“Million” sardori Davron Kabulov ham reklama bannerini o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirib, “Biz bir jamoamiz. Har qanday vaziyatda ham” deb yozib qoldirdi.

Reklama bannerida Davron Kabulovdan tashqari barcha guruh a`zolari aks etgan. Demak 24-28 aprel kunlari bo`lib o`tadigan konsert dasturida Davron Kabulov ishtirok etmaydi.

Ma`lumot uchun, “Million” jamoasi 2016 yilning 14-21 sentyabr kunlari ham “Istiqlol” san`at saroyida konsert dasturini taqdim etgan va bu konsert diski sotuvga chiqarilganidan keyin guruh a`zolari va xonanda Kaniza o`rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelgan edi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 521 | Добавил: ADMIN | Теги: “Million” jamoasi Davron Kabulovsiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: