15:53 Messi har qanday holatda ham soqolini olib tashlamasligini bildirdi | |
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Panamaga qarshi Amerika Kubogi–2016 musobaqasi 2-turidan keyin so‘nggi paytlarda o‘stirayotgan soqolini olib tashlamasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”. “Soqolimni har qanday holatda ham olib tashlamayman. Jamoadoshlarim bunga yo‘l qo‘ymaydi”, – dedi 28 yoshli futbolchi. Eslatib o‘tamiz, Argentina “D” guruhi dastlabki turida Chilini 2:1, ikkinchi turda Panamani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muddatidan avval chorak finalga chiqdi. Panamaga qarshi bellashuvda Messi xet-trikka erishdi. Ma’lumot o‘rnida, Xerardo Martino shogirdlari guruhdagi so‘nggi o‘yinni 15- iyun kuni, allaqachon turnir bilan xayrlashgan Boliviya termasiga qarshi o‘tkazadi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |