Marokand.Net - Мултимедный Портал » Meksikada jurnalist ayol noma’lum qurollangan jinoyatchilar qurboni bo‘ldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

09:03
Meksikada jurnalist ayol noma’lum qurollangan jinoyatchilar qurboni bo‘ldi
Meksika shimolidagi Tamaulipas shtatida
o‘qituvchi va mustaqil jurnalist Samira
Ester Bautista noma’lum qurollangan
jinoyatchilar qurboni bo‘ldi. U Syudad-
Viktoriya shahrida, maktabga ishga
otlanayotganida o‘zining avtomobilida
o‘ldirilgan, deya xabar beradi “TASS”.

44 yoshli ayol bir qator nashrlar, jumladan,
Mercurio va La verdad de Ciudad-Victoria
gazetalari bilan hamkorlik qilgani
aytilmoqda. Mahalliy jurnalistlar mazkur
jinoyatni keskin qoralab chiqdi va
rasmiylardan mintaqada xavfsizlik
borasidagi vaziyatni yaxshilashni talab
qildi. Bu Meksikada oxirgi bir necha kun
mobaynida ikkinchi bor OAV vakilining
o‘ldirilishi — o‘tgan hafta oxirida Oaxaka
shtatida jurnalist Elido Ramos Sarate otib
ketilgan edi.

Meksika jurnalistlik faoliyati uchun eng
xavfli davlatlar sirasiga kiradi: mamlakatda
2000-yildan beri OAV bilan hamkorlik
qilgan 100 dan ortiq kishi o‘ldirildi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 470 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: