08:57 Meksikada 300 yillik mo`miyolangan jasad “tirildi” | |
Meksikaning Gvadalaxar shahridagi bosh cherkovdagi muqaddas Inoseniyaning 300 yil avval mo`miyolangan jasadi diniy marosim paytida ko`zlarini ochdi, deb yozadi “Vesti”. Bu sirli kadrlar kameralarga muhrlandi. YouTube`ga joylangan bu videoni na jurnalistlar, na boshqa kasb mutaxasislari izohlab bera olmayapti. Rolik muallifi ham XVIII asrda vafot etgan qiz qanday qilib ko`zlarini ochganini anglay olmayapti. Ayrim internet foydalanuvchilari rolikning haqiqiyligiga shubhalanmoqda. Boshqalar esa mo`miyolangan jasadning ko`zini ochishi qandaydir mistik belgi ekanligini aytmoqda. Taxminlarga ko`ra, muqaddas Ineseniyani otasi cherkovga bormoqchi bo`lganida pichoqlab o`ldirgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |