Marokand.Net - Мултимедный Портал » Lola Moskvadagi konserti uchun 120 metrli matodan ko‘ylak tiktirdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

19:15
Lola Moskvadagi konserti uchun 120 metrli matodan ko‘ylak tiktirdi
Xonanda Lola Rossiyaning Moskva
shahrida 7-avgust kuni yakkaxon konsert
dasturini taqdim etdi. U ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalari orqali konsert
dasturidan foto va videolarni joylashtirib,
muxlislarni konsert haqidagi qiziqarli
ma’lumotlar bilan tanishtirib bormoqda.
Ulardan biri Lola uchun yaratilgan liboslar
haqida, deya hikoya qiladi “Darakchi.uz”.

Lola Moskvadagi konsertida kiygan to‘q
qizil rangdagi ko‘ylagi uchun 120 metr
mato ishlatildi. Bu haqda uning o‘zi
shunday deydi: “Bu ko‘ylak uchun 120
metr mato ishlatildi. Shleyfning butun
uzunligi bo‘ylab joylashgan burmalar esa
qo‘lda tikib chiqildi. Ko‘ylak korseti esa
shoyi ipli bezaklar va tuyaqush pati bilan
tikildi. Nokamtarligim uchun uzr
so‘rayman, ammo bunday san’at asari
bilan maqtanmaslikning o‘zi gunoh. Bu
san’at asari Toshkent shahrida
yaratilganligi bilan faxrlanaman. Betakror
Zulfiya Sulton meni ilhomlantirish va
hayratlantirishda davom etmoqda!”

Manba: Daryo.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 725 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: