Marokand.Net - Мултимедный Портал » Krishtianu Ronaldu — FIFA talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

09:46
Krishtianu Ronaldu — FIFA talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi
Madridning "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Syurixda bo`lib o`tgan taqdimot marosimida portugaliyalik futbolchiga The Best sovrini topshirildi. Eslatib o`tamiz, ushbu sovringa shuningdek "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann ham da`vogarlik qilgan edi.

G`olib nomi terma jamoa murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijasida aniqlangan. Har bir soha vakillari ovoz berishda teng - 25 foizdan ulushga ega bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yildan e`tiboran France Football alohida "Oltin to`p" g`olibini aniqlamoqda, FIFA esa o`z yo`nalishida yilning eng yaxshi futbolchisini tan olyapti.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 371 | Добавил: ADMIN | Теги: Krishtianu Ronaldu — FIFA talqini b | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: