Marokand.Net - Мултимедный Портал » Kola ichimligining 8 ta siz bilmagan hususiyatlari
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:33
Kola ichimligining 8 ta siz bilmagan hususiyatlari
Hozirgi kunda televizorlarda, internet va turli xil reklama dosklalarida tozolovchi mahsulotlarning reklamasiga ko‘zimiz tushadi. Bunday mahsulolar sifatiga qarab narxi ham oshib boradi. Agarda siz bunday qimmat tozolovchi mahsulotni harid qila olmasangiz, tabiiyki sifati hamda narxi pastroq mahsulotni harid qilishingizga to‘g’ri keladi. Shunday emasmi? Biz esa sizga o‘zgacha tanlovni taklif etamiz. Bu mahsulotni siz har bir oziq ovqat do‘konidan topishingiz mumkin. Bu – ko‘pchilikning sevib iste’mol qiladigan ichimligidir! Ha – bu kola ichimligi!

Demak boshladik:

Garajingiz ostonasidagi mashina moyini ketkazish uchun (kafel orasidagi dog‘lar uchun)
Mashinangiz turadigan garajda ulovingizdan tomib dog‘ bo‘lgan yerni qanday sifatli va izsiz yo‘q qilish mumkinligi haqida hech o‘ylaganmisiz? Mashinangizdan tomgan moy hidi ham unchalik yoqimli emas. Bunday holatning yechimi esa oddiy. Kola ichimligini mashina moyi tushgan yerga asta quyasiz va besh-o‘n daqiqa qoldirasiz. So‘ng plastik schetka yoki mato bilan moyni tozalaysiz. Qarabsizki moydan iz ham is ham qolmaydi. Kafellar o‘rtasida to‘planib qolgan dog‘larni ketkazish uchun ham ushbu ichimlikdan samarali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Avtomobilingiz kuzovida yoki boshqa metal buyumlarda paydo bo‘ladigan zanglashni bir zumda yo‘qotish uchun (qozondagi kuygan dog‘larni ketkazishda, zanglab qotib qolgan bolt-gaykalarni bo‘shatishda ) ushbu ichimlik juda ham samarali vosita hisoblanadi.
Mashinangiz kuzovida zanglash alomatlarini payqagan bo‘lsangiz zudlik bilan ushbu ichimlikni zang bosgan joyga quying hamda qumqog‘oz yoki schetka bilan tozalang. Bolt-gaykalarni bo‘shatish uchun moy o‘rniga ushbu ichimlikdan foydalansangiz ancha qulaydir. Uy bekalari esa qozondagi kuygan dog‘larni ketkazishda kola ichimligidan foydalanishlari tafsiya etiladi. Tozalash uslubi juda oddiy. Ichimlikni qozon ichiga yoki ustiga quyib sim-schetka bilan yaxshilab tozalaysiz. Avto ulov haydovchilari uchun yana bir kichik maslahat, agar mashinangiz akkumuliyatorida zang yig‘ilib qolgan bo‘lsa uni kola ichimligini matoga quyib xo‘llab olib, tozalashingiz mumkin.

Vanna va hojatxona uchun
Uy bekalari hojatxonani tozalash uchun ushbu ichimlikdan foydalanib ko‘rmagan bo‘lsalar kerak. Kola nafaqat dog‘larni ketkazibgina qolmay u yerdagi yoqimsiz hidni ham bir zumda yo‘qotadi.

Kiyimdagi dog‘larni tozalash uchun
Ushbu ichimlik kiymidagi turli xil dog‘larni ketkaizshdagi eng samarli mahsulot ekanligi ko‘pgina tajribalarda o‘z isbotini topgan. Kiyimingizdagi ketchup yoki sous kabi mahsulotlar dog‘ini kola bilan yangiday qilib tozalash mumkin.

Sochlaringizga, oyoq kiyim va matolarga yopishib qolgan saqichlarni tozalashda yana bir bor kola yordamga keladi.
Daraxtni hashorotlardan himoyalashda va gazon o‘sishi hamda qalinligini oshirishda:
Xindistonning ba’zi hududlarida fermerlar va bog‘bonlar tomonidan daraxt va ekinlarni hashorotlardan himoya qilishda kola ichimligidan foydalanishar ekan! Ushbu ichimlik gazonning yaxshi va quyuq o‘sishida ham foyda beradigan mahsulot sifatida ishlatilar ekan!

Mashina oynalariga ayoz tushganda yoki muzlab qolganda
Qaxraton qish mavsumidan kechasi bilan ko‘chalarda qoldirilgan mashinalarning oynalari ba’zi hollarda eshik qulflari ham muzlab qoladi. Ushbu holatda issiq suv o‘rniga kola ichimligidan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu ichimlik muzni ertibgina qolmay, qayta muzlashni ham sekinlashtiradi. Issiq suv esa o‘z ornida qayta muzlash jarayonini tezlashtiradi.

Skunsning yoqimsiz hidini ketkazishda
Kola ichimligini skuns hidini ketkazishda ishlatish noodatiydek tuyulishi mumkin. Ammo ushbu uslub juda samarali bo‘lib, bir necha hafta davomida ketkaza olmaydigan skuns hidini bir kechada kola orqali yo‘q qilish mumkin! Skuns hidi o‘tirib qolgan banadningiz qismini ushbu ichimlik bilan yuving. Zudlik bilan suv bilan chayishga shoshilmang. Bir necha soatdan keyin suv bilan chayib tashlang. Qarbsizki yoqimsiz hiddan asar ham qolmagan holatda turibsiz!

Manba: Journey.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 817 | Добавил: Umarcheek | Теги: Kola ichimligining 8 ta siz bilmaga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: