12:27 Ko‘zlarni asrashning 5 qoidasi | |
Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak? Bu borada quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Ish joyini to‘g‘ri tashkil eting Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq bo‘lishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorug‘lik manbai yoki yorqin yuzalar bo‘lmasligi kerak. Har ikki soatda tanaffus qilib turing Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqaga ko‘zlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi obyektga tikilish kifoya. Ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni bajaring Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq. Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda ko‘z soqqangizni aylantiring. Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang. Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming. Ovqatlanish ratsioningizga ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chernikadagi antotsianlar — kuchli antioksidantlar ko‘z kapillyarlari qayishqoqligini oshirib, tomir devorlarini mustahkamlaydi, shuningdek shamollash yuzaga kelishining oldini oladi. Ko‘zlar salomatligi uchun maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling Bundan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Mutaxassis ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rib, shundan keyingina o‘zingizga mos preparatlarni tavsiya qiladi. Manba: Daryo.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |