Marokand.Net - Мултимедный Портал » Kitob o`qish umrni uzaytirishi aniqlandi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

16:19
Kitob o`qish umrni uzaytirishi aniqlandi
Amerikalik olimlarning aniqlanishicha, inson yoshi ulg`aygach, qancha ko`p kitob o`qisa, umri shuncha uzayadi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Olimlarning tadqiqotida 3635 nafar 50 yoshli va undan katta bo`lgan kishilar ishtirok etdi. Ular 12 yil mobaynida olimlarning kuzatuvi ostida bo`lishdi.

Tadqiqot natijasida olimlar kitob o`qigan kishilar mutolaa bilan shug`ullanmagan tengdoshlariga qaraganda o`rtacha hisobda 23 oy ko`proq yashashadi.

Tadqiqot ishtirokchilari 3 guruhga bo`lingan. Birinchi guruhga haftada 3,5 soat kitob o`qiydigan kishilar, ikkinchi guruhga haftada 3,5 soatdan kamroq kitob o`qiydigan kishilar, uchinchi guruhga esa umuman kitob o`qimaydigan kishilar kiritilgan.

Natijada esa kitob mutolaasiga eng ko`p vaqt ajratadigan guruhga mansub kishilarda hayotdan ko`z yumish ehtimoli umuman o`qimaydiganlar guruhiga nisbatan 23 foizga kamroq ekanligi aniqlandi. O`rtadagi guruhda esa uzoq umr ko`rish imkoni 17 foizni tashkil etdi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Avni Bavishining so`zlariga ko`ra, tadqiqot ishtirokchilari qancha ko`p kitob o`qisa, shuncha uzoq yashagan.

“Biroq, bir kunda 30 daqiqa kitob o`qish ham inson umrini uzaytiradi”, deydi u.

Bundan tashqari, olimlar inson uzoq umr ko`rishi uchun faqatgina kitob o`qishi kerakligini ta`kidlaydi. Gazeta va jurnallar o`qish esa bundan mustasno.

Kelajakda olimlar o`qishning inson salomatligi uchun qanday foyda keltirishini va elektron va audiokitoblar qanday samara berishini aniqlashni rejalashtirgan.
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 684 | Добавил: ADMIN | Теги: Kitob oqish umrni uzaytirishi aniql | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: