Marokand.Net - Мултимедный Портал » “Kelajak bashoratchisi” Facebook foydalanuvchilarini chalg`itdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:58
“Kelajak bashoratchisi” Facebook foydalanuvchilarini chalg`itdi
Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Pablo Rayz o`zining akkauntida Xillari Klinton ilk prezident ayol bo`lishi, Muhammad Ali va Prins hayotdan ko`z yumishi haqida bashorat qilingan yozuvlarni qoldirgan.

Yozuv 2015 yil dekabr oyida yozilgani foydalanuvchilarni hayratga soldi va bashorat bo`lib tuyuldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Pablo Rayzning yana bir bashoratida “Yaqin kunlarda butun dunyo gorilla maymunining o`limidan qayg`uga tushadi” deb, 29 may kuni Sinsinatti hayvonot bog`ida uch yoshli bola maymunlarning katagiga yiqilib tushganligi oqibatida otib o`ldirilgan 17 yoshli Xarambe laqabli maymun haqida so`z yuritilgan. Maymun o`ldirilgandan keyin minglab odamlar bolaning ota-onasini jazolashni talab qilishgan.

Rayz 2016 yilning eng asosiy voqealari haqida yozgan postlari virusli bo`lib, 170 ming odamga tarqatilgan. Uning bashoratlariga aksariyat shubha bilan qaragan bo`lsa-da, ko`pchilik izoh yozib qoldirgan.

BuzzFeed nashri esa “bashoratchi” Pablo Rayzning qanday qilib yozuv muddatini o`zgartirganini, hiyla-nayrangini fosh qildi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1812 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: