19:09 Jeki Chan Moskvadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi | |
Aktyor Jeki Chan Rossiyadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi, deb yozadi“Vedomosti”. Festival 8—27-noyabr kunlari Moskvada va Rostov-Donda o‘tkaziladi. Tantanali ochilish marosimi Moskvadagi “Kosmos” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi Namoyishni rejissor Renni Xarlinning “Izma-iz” filmi ochib beradi. Festival dasturiga yettita zamonaviy badiiy lenta kiritilgan. Moskvada filmlar 9—14-noyabr kunlari “Paveletskayadagi besh yulduz” va 21—27-noyabr kunlari “Illyuzion” kinoteatrlarida namoyish qilinadi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |