10:12 Janet Jekson 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi | |
Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo`ldi. 50 yoshli xonanda 3 yanvar, seshanba kuni o`g`il farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar beradi “Vesti”. Janet Jekson va uning turmush o`rtog`i Vissam al-Mana o`g`illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutishgan edi. “Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida”,—deyiladi xabarda. Janet Jekson 2012 yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi. Uning homiladorligi may oyida ma`lum bo`lgan edi. Janet Jekson — 2009 yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |