Marokand.Net - Мултимедный Портал » Internet narxi nimaga bog‘liq?
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

16:00
Internet narxi nimaga bog‘liq?
Yaqinda internet narxi bo‘yicha e’lon qilingan mamlakatlar reytingida mamlakat yalpi ichki mahsuloti va internet narxi o‘rtasida bevosita aloqa yo‘qligiga guvoh bo‘ldik, deb yozadi “Index.uz”.

Bir tomondan, boy mamlakatlarda yuqori texnologiyalar ham yaxshi rivojlangan, ikkinchi tomondan, hayotning yuqori darajasi internet uchun baland narx to‘lash imkonini beradi. Eng arzon internet Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Rossiya va Ukrainada qayd etildi, ammo bular eng boy davlatlar emas.

Maqolaga izoh yozganlardan biri qiziqarli fikr bildirdi:

“Yalpi tovar va xizmatlar narxiga ta’sir qiluvchi omillar:

logistika;
ko‘chmas mulk narxi;
aholining xarid qobiliyati.
Yevropa va AQSh kabi ‘rivojlangan’ mamlakatlarda narxlarning balandligi ularning ‘qurumsoqligi’ bilan bog‘liq emas, balki ko‘chmas mulkning qimmatligi bilan bog‘liq, ularda ijara haqi o‘ta yuqori…”.

Shuningdek, u Rossiyada ushbu xarajatlar barcha chiqimlarning 10 foizini, AQShda esa 40 foizini tashkil etishini ma’lumot sifatida keltirib o‘tdi.

“Balki aynan ijara va boshqa xarajatlar O‘zbekistonda internetni qimmatlashtirar, — deyiladi maqolada. — Avvallari provayderlar tashqi kanal qimmatligini aytardi. Ammo tashqi kanal narxi provayderlar uchun so‘nggi besh yil davomida yetti martadan ko‘proq pasaytirilgani narxlar tushishiga olib kelmadi”.

Manba: Darakchi.uz
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 669 | Добавил: ADMIN | Теги: Internet narxi nimaga bog‘liq? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: