Marokand.Net - Мултимедный Портал » Insonni tetiklashtiruvchi 9 amal
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:49
Insonni tetiklashtiruvchi 9 amal
Qahva ichmang

Charchab, holdan ketib qolish har bir idora xodimiga xos narsadir. Bunday paytda aksariyat xodimlar ish sur`atini oshirish, tetiklashish uchun yo qahva ichadi yoki shokolad eydi. Ular bu narsalar insonga kuch-quvvat bag`ishlaydi deb o`ylashadi.

Quyida sizga “Secretmag.ru” nashri inson o`zini tetik his qilishi uchun nimalar qilishi lozimligini o`rgatadi.

Turgan joyingizda sakrang

Agar hamkasblaringizdan tortinmasangiz, turgan joyingizda sakrang. Bu mashq asab tizimini uyg`otib, sizni ancha tetiklashtiradi. Asosiysi o`zingizni urintirib, ko`p sakramang, agar ko`proq sakrasangiz battar charchoqni his etishingiz mumkin. Hammasini oz-ozdan boshlaganingiz ma`qul.

Kuylang

Musiqali tanaffus ish jarayoniga moslashishga yordam beradi. Kuylash natijasida qonda adrenalin miqdori ko`payadi. Albatta, sizda uzoq kuylash uchun vaqt bo`lmaydi, ishlayotganda xirgoyi qilib, ishingizni davom ettiring.

Maqsadni, natijani tasavvur qiling

Mabodo charchoqni his qilib, kuchingiz qolmayotganini his qilsangiz, vazifaning nihoyasini ko`z oldingizga keltiring. Natija qanday ko`rinishda bo`ladi? Bu uslubdan mashhur odamlar ko`proq foydalanadi. Ular bajarayotgan har bir hatti-harakat g`alabaga olib kelishiga ishonishadi va uni har kuni uyqu oldidan tasavvur qilishadi.

Yorqin kiyining

Yorqin ranglar nafaqat sizning, balki atrofingizdagi odamlarning ham kayfiyatini ko`taradi. Yorqin ranglardan miya faoliyati ham faollashadi. Qizil rang asab tizimini uyg`otadi, nafas olishni va pulsni tezlashtiradi, mushaklar tizimi faoliyatini ham faollashtiradi. To`q sariq, och sariq ranglar ham xuddi shunday xususiyatga ega ranglar hisoblanadi. Yashil va ko`k ranglar esa insonni tinchlantirish xususiyatiga ega.

Ijtimoiy tarmoqni o`chirib qo`ying

Uxlashdan oldin barcha elektron uskunalarni o`chiring, shu jumladan ijtimoiy tarmoqni ham kuzatishni bas qiling. Ekrandan taralayotgan ko`k nur sog`lom uyquga sabab bo`luvchi melatonin garmonining ishlab chiqarilishiga qarshilik qiladi. Uyqu oldidan gajetlardan qanchalik kam foydalansangiz, ertasi kuni o`zingizni shunchalik tetik his qilasiz.

Ko`k choy iching

Ko`k choy odamni tetiklashtirib, diqqatni bir joyga to`plashga yordam beradi.

Hazil-mutoyiba qiling

Ish jarayonida ko`ngilga botmaydigan darajada hazil-mutoyiba qiling. Bundan yurak urishi yaxshilanadi va miya faollashadi.

Yoglarga xos nafas oling

Bu oddiy nafas mashqlari hisoblanadi. Chuqur nafas olib, kuch bilan nafas chiqaring. Nafas chiqarish qisqa va kuchli bo`lishi lozim. Yoglarga xos nafas olishni ijtimoiy tarmoq orqali ham o`rganish mumkin.

Uglevodlarni oqsillar bilan almashtiring

Har qanday holsizlik qondagi qand miqdorining kamayib ketishi bilan bog`liqdir. Agar uni bir finjon qahva va shirin bulochka bilan ko`taraman deb o`ylasangiz adashasiz. Qahva va shokolad qondagi qand miqdorini biroz muddatga oshirishi mumkin. Qondagi qand miqdorini me`yorida saqlash uchun ertalab oqsilga boy nonushta — tuxum qovurib eng, yogurt iste`mol qiling.
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 841 | Добавил: ADMIN2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: