16:18 Hindistonda dunyodagi “eng og`ir” qizaloq tug`ildi | |
Hindiston janubida dunyodagi “eng og`ir” qizaloq dunyoga keldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Yangi tug`ilgan chaqaloqning vazni 6,8 kilogrammni tashkil etdi. Nashrning yozishicha, odatda olti oylik chaqaloqlar mana shunday vaznga ega bo`ladi. Qizaloqning onasi uni kesarcha kesish yo`li bilan dunyoga keltirgan. 19 yoshli Nandinining o`zi ham birinchi farzandi bu darajada katta vaznda tug`ilishini xayoliga ham keltirmagan edi. Taxminlarga ko`ra, hindistonlik “polvon” qizaloq dunyo rekordini o`rnatadi. 2014 yilda AQShda ham og`ir vaznga ega chaqaloq dunyoga kelgan edi. Uning vazni 6,5 kilogramni tashkil etib, bu rekord ko`rsatkich sifatida baholangan edi. Hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilayotgan bu qizaloq shifokorlar nazorati ostida. “U rostan ham juda katta va chiroyli”,—deydi ginekolog Purnima Manu. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |