Marokand.Net - Мултимедный Портал » Hindistonda dunyodagi birinchi shishali masjid qurildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

06:12
Hindistonda dunyodagi birinchi shishali masjid qurildi
Hindistonning Megxalaya shtati Shillong shahrida dunyodagi birinchi shishali masjid paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.

Ushbu masjid barcha dinlarning birligi ramzi hisoblanadi”, — deydi Hindiston milliy ozchilik ishlari bo‘yicha Ittifoq davlat vaziri Vinsent H. Pala.

Vazir Madina masjidi deb nomlangan va Hindistondagi faqat shishadan qurilgan to‘rt qavatli ilk masjidning o‘ziga xosligi va alohida ma’naviy muhitini ta’kidladi.

Tungi vaqtda sun’iy qo‘shimcha yoritish vositalari sababli masjid o‘zgacha tarzda charaqlab turadi. Bir necha ming namozxonlarga mo‘ljallangan masjidda ayollar uchun alohida xonalar ko‘zda tutilgan.

Bu masjidda shuningdek bo‘lajak imom-xatiblarni yetishtirib chiqaradigan dinshunoslik instituti faoliyat yuritadi. Madina masjidi islom fanlari va dunyo dinlari haqidagi adabiyotlardan iborat kutubxona mavjud. Bu yerda istovchilarga Islom dini haqida ma’ruzalar va darslar beriladi, buning uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Shuni ta’kidlash lozimki, aholisi 1,1 milliard bo‘lgan Hindistonning 160 millionini musulmonlar tashkil etadi. Musulmon aholisining soni bo‘yicha Hindiston dunyoda Indoneziya va Pokistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 362 | Добавил: ADMIN | Теги: Hindistonda dunyodagi birinchi shis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: