Marokand.Net - Мултимедный Портал » Hindistonda dahshatli film namoyishi chog‘ida tomoshabinlardan biri yurak xurujidan vafot etdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:45
Hindistonda dahshatli film namoyishi chog‘ida tomoshabinlardan biri yurak xurujidan vafot etdi
Hindiston janubidagi Tiruvannamalay
shahrida xorror janridagi “Afsun—2”
filmining taqdimot namoyishi chog‘ida
tomoshabinlardan biri yurak xurujidan
vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar
bermoqda.

The Times of India nashriga ko‘ra, filmdagi
voqealar avjiga chiqqan payt 65 yoshli
tomoshabin do‘stiga ko‘krakdagi
og‘riqdan shikoyat qilgan va hushidan
ketgan. Tez yordam brigadasining
urinishlariga qaramay, kasalxonada
shifokorlar uning o‘lganini qayd etdi.

Tibbiyot xodimlari marhumning do‘stidan
jasadni yorib ko‘rish uchun boshqa
kasalxonaga eltishni so‘ragan, biroq u shu
ketganicha g‘oyib bo‘lgan. Hozirda
politsiya ikki erkakning shaxsini
aniqlashga harakat qilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 445 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: