Marokand.Net - Мултимедный Портал » Hindistonda chaqmoq zarbidan sutka davomida 90 kishi halok bo‘ldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:52
Hindistonda chaqmoq zarbidan sutka davomida 90 kishi halok bo‘ldi
21-iyun, seshanba kuni Hindistonning to‘rt
shtatida kamida 90 kishi chaqmoq
zarbidan halok bo‘ldi. Bu haqda TJournal
xabar bermoqda.

Oldinroq shu kuni birgina Bixar shtatida
45 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgani
bildirilgandi.

21-iyunda mamlakatning katta qismiga
musson yomg‘irlari yopirildi, halok
bo‘lganlarning aksariyati qishloq xo‘jaligi
ishlari bilan band bo‘lgan. Musson
yomg‘irlari chog‘ida chaqmoqlar ro‘y
berishi noyob hodisa emas, biroq
rasmiylar bu yil uning oqibatida
jabrlanganlar soni odatdagidan ko‘p
ekanligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, 2014-yili mamlakatda
chaqmoq zarbidan 2582 kishi halok
bo‘lgan. Hindistonda chaqmoqlar eng ko‘p
o‘lim holatlariga olib keladigan tabiiy ofat
hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 503 | Добавил: ADMIN2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: