Marokand.Net - Мултимедный Портал » Har kuni asal iste’mol qilish qanday natijalarni beradi?
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:41
Har kuni asal iste’mol qilish qanday natijalarni beradi?
Asal bizning organizmimiz uchun eng foydali mahsulotlardan biri deb tan olingan. Uning tarkibida yuqori miqdorda zarur fermentlar va qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyatlarini ta’minlovchi moddalar mavjudligi ancha ilgari aniqlangan. Agar siz har kuni asal iste’mol qilishni boshlasangiz, organizmingizda nimalar sodir bo‘lishini bilishni istaysizmi?

Teri toza bo‘ladi

Asalning antibakterial xususiyati yog‘ bezlari faoliyatining me’yoriy ishlashini va buning natijasida teri tozalanishini ta’minlaydi.

Vaznni kamaytiradi

Shokolad va gazlangan ichimliklar kabi shirinliklarni asal bilan almashtirishga harakat qiling. Asalning tarkibidagi shakar biz har kuni iste’mol qiladigan shakardan butunlay farq qiladi.

Qondagi qand miqdori

Uning tarkibidagi fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi organizmga qondagi qand miqdorini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Yurak xastaliklari

Asal tarkibidagi flavonoidlar va antioksidantlar yurak-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini bartaraf qilishga yordam beradi.

Toksinlardan tozalaydi

Asal aralashtirilgan iliq suv organizmdan zaharli moddalarni yuvib chiqarishga yordam beradi.

Immun tizimi

Asalning bir qancha foydali xususiyatlari immun tizimiga samarali ravishda ta’sir qiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 619 | Добавил: ADMIN | Теги: Har kuni asal iste’mol qilish qanda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: