Marokand.Net - Мултимедный Портал » Google Wi-Fi simsiz routerlari sotuvga chiqarildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:52
Google Wi-Fi simsiz routerlari sotuvga chiqarildi
AQShning Google korporatsiyasi ixcham va simsiz Google Wi-Fi routerlarini sotuvga chiqardi. Ikki yoki undan ortiq routerni yagona simsiz tarmoqqa ulash imkonini beradigan uskuna 129 dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi TJournal.

Kompaniya simsiz router anonsini 4-oktabr kuni bergan edi. 17-noyabrdan uni oldindan buyurtma qilish imkoniyati tug‘ildi.

Router 140 kvadrat metr maydonni qoplaydi. Google Wi-Fi’ning uchta bloki esa 420 kvadrat metr masofaga internet tarqata oladi.

Bundan tashqari, Google Wi-Fi barcha foydalanuvchilarga uydan turib internetga kirish, bunda eng yaqin aloqa nuqtasini tanlash imkonini beradigan Network Assist texnologiyasiga ega. Tarmoq mobil dastur orqali boshqariladi.

Uchta routerdan iborat komplekt narxi — 229 dollar. Uni Amazon, Google Store va Best Buy’ning ixtisoslashtirilgan markazlaridan sotib olish mumkin.

Manba: Daryo.uz
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 393 | Добавил: ADMIN | Теги: Google Wi-Fi simsiz routerlari sotu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: