Marokand.Net - Мултимедный Портал » Google sun’iy intellekti elektr tokini tejab qoldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

07:33
Google sun’iy intellekti elektr tokini tejab qoldi
Google kompaniyasi sun’iy intellekt
yordamida chuqur mashina ta’limi
sohasida tadqiqotchilik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi DeepMind laboratoriyasini
sotib olishga ketgan xarajatlarni qisman
qoplashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi N
+1.

Kompaniya mutaxassislari
neyrotarmoqdan o‘z data-markazlari
energiya samaradorligini boshqarishda
foydalandi. Ushbu neyrotarmoq 120 ga
yaqin parametrlarni boshqaradi. Xususan,
sun’iy intellekt serverlar va turli
uskunalarning energiya iste’molini,
sovutish tizimi ishini boshqaradi va hatto,
derazalarni ochib-yopa oladi.

DeepMind asoschilaridan biri Demis
Xassabis ta’kidlashicha, bunday yechim
data-markazlarning energiya iste’molini
bir necha foizga qisqartirib, ularning
energiya samaradorligini 15 foizga
oshirdi.

2014-yilda Google 4 402 836 megavatt/
soat elektr energiyasini sarflagan, shuning
kattagina qismi data-markazlarni energiya
bilan ta’minlashga ketgan. Sarflanayotgan
elektr energiyasining o‘n foizi tejalgan
taqdirda ham, Google bir necha yil ichida
yuzlab million dollar tejab qolishi mumkin.
DeepMind’ni sotib olishga esa, qariyb 600
million dollar xarjlangan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 506 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: