Marokand.Net - Мултимедный Портал » GM Uzbekistan Nexia II avtomobili ishlab chiqarishni to`xtatdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:54
GM Uzbekistan Nexia II avtomobili ishlab chiqarishni to`xtatdi
Nexia II avtomobilini ishlab chiqarish to`xtatildi. Bugun, 8 avgustdan salonlarda uchinchi avlod Nexia avtomobili sotila boshlaydi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

2016 yil 1 avgust kuni Asakadagi GM Uzbekistan avtozavodi konveyeridan eski avlod Nexia avtomobilining so`nggisi chiqdi. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi sedan 20 yil davomida — 1996 yil iyulidan buyon chiqarib kelindi.

GM Uzbekistan ma`lumotlariga ko`ra, 20 yil mobaynida ushbu modeldagi 1,1 millionta avtomobil ishlab chiqarildi va sotildi. MDH mamlakatlarida 526 mingtadan ortiq Nexia sotildi.

Ushbu modeldagi avtomobillar bugungi kunda Rossiya, Qozog`iston, Ukraina, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Moldova, Turkmaniston, Qirg`iziston, Tojikiston, Gruziya va Afg`oniston yo`llarida kezmoqda.

Nexia o`zini oqilona yonilg`i sarfi, o`z sinfi uchun yuqori bo`lgan ishonchlilik ko`rsatkichlari, qulay salon va Evropacha dizaynga ega ishonchli va arzon avtomobil sifatida ko`rsata oldi.

2008 yil iyunida ikkinchi avlod Nexia avtomobili ishlab chiqarila boshladi. Modelning old va orqa bamperlari, faralari, uskuna va eshik panellari o`zgardi, eshiklariga zarbaga qarshi to`sinlar o`rnatildi. Avtomobilga yanada baquvvatroq SOHC (86 ot kuchi, bungacha 75 ot kuchi) va DOHC (109 ot kuchi, bungacha 85 ot kuchi) dvigatellari o`rnatila boshladi.

Qaysidir fursatda Nexia mustaqil brendga aylandi va o`zbek avtomobil sanoatining deyarli sinonimiga aylanib qoldi. Ammo, ommabopligiga qaramay, vaqt o`tishi bilan, avtomobil ma`naviy jihatdan eskirishni boshladi.

Mohiyatan, Nexia — shunchaki model yoki avtomobil nomi emas. U xuddi «oltilik» («shestyorka») yoki «qo`ng`iz» (Volkswagen Beetle) kabi butun bir davr ramzi. Shu tufayli, GM Uzbekistan eski nomni saqlab qolishga qaror qildi. Buning uchun qadrdon Nexia’ning an`anaviy kuchli jihatlarini o`zida mujassam etgan munosib platformani topish kerak edi. Bu xususiyatlarning barchasiga T 250 (Yangi Nexia: Munosib voris) platformasi to`liq mos keladi.

Yangi Nexia O`zbekistondagi barcha avtosalonlarda bugun, 8 avgust kuni sotuvga chiqadi. Yil oxirigacha GM Uzbekistan 14,8 mingta yangi avlod Nexia avtomobilini chiqarish va sotishni rejalashtirmoqda.
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 705 | Добавил: ADMIN | Теги: GM Uzbekistan Nexia II avtomobili i | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: