11:09 Filippinda yuz bergan zilzilada 15 kishi halok bo‘ldi | |
Filippinda 6,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurash xizmati rahbari Ramon Gotingga ko‘ra, zilzila tufayli kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Faqat Surigao shahrining o‘zida 90 kishi turli darajada jarohat oldi. Ko‘plab binolar, jumladan, maktablar qisman yoki to‘liq vayron bo‘ldi, ko‘prik qulab tushdi. Shahar aeroporti uchish-qo‘nish maydonida yuzaga kelgan yoriqlar tufayli vaqtincha yopib qo‘yildi. Manba: Daryo.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |