14:29 Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, ko'p miqdorda qor yog'ishi va yo'llarda muzlamalar hosil bo'lishi munosabati bilan tezkor xabarnoma chiqardi. Unda noqulay ob-havo tufayli quyidagi ehtiyot choralarini ko'rish so'ralgan: - xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e`tibor qarating; - mo'rikonlarni tozaligi va to'g'ri o'rnatilishini qat`iy nazoratga oling; - gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang; - ko'chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining; - muzlama hosil bo'lgan yo'laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko'ring; - yo'llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko'ring; - bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo'ladigan joylardan ehtiyot bo'ling. Manba: Kun.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |