Marokand.Net - Мултимедный Портал » Dunyodagi eng og'ir ayol Hindistonga davolanishga olib kelinadi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:39
Dunyodagi eng og'ir ayol Hindistonga davolanishga olib kelinadi
Dunyoda eng og'ir ayol hisoblanuvchi, 500 kg ga yaqin vaznga ega misrlik ayol Iymon Ahmad Abdulatiy 11 fevralda Hindistonning Mumbay shahriga davolanish uchun keladi, deb xabar bermoqda Hindustan Times nashri.

Ayol voqeasi haqida 2016 yil oktabrda Al Arabiya telekanali ma`lum qilgan. Shifokorlar Iskandariyaning 36 yoshli fuqarosining holatini "fil kasalligi" va "bezlar xuruji" deb ta`riflashgan. Ayol insultni boshdan kechirgan va yotib qolgan.

2016 yil oxirida ayol voqeasiga bariatrik va laparoskopik jarrohlik bilan shug'ullanuvchi mumbaylik shifokor Muffazal Lakdavala e`tibor qaratgan va ayolga yordam berish taklifini bildirgan. U Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajdan ayolning hujjatlarini rasmiylashtirishda ko'mak ko'rsatishni so'ragan, chunki uning o'zi qonunlarga muvofiq, Hindistonning Misrdagi konsulligiga suhbatga kela olmagan. Vazirning aralashuvidan keyin ayol Hindistonga viza olgan.



Abdulatiy shanba kuni tonggi 04:10da Mumbayga Egyptair aviakompaniyasining uni transportirovka qilish uchun modifikatsiya qilingan Airbus 300-600 yuk samolyotida keltiriladi. U Mumbayga kelishi bilan Sayfi gospitaliga olib kelinadi.

Avvalroq ma`lum qilingandek, ayolning davolanishiga bir necha oy talab qilinadi. Avval u bir qator tahlillardan o'tadi, shundan keyin kerakli operatsiyalar o'tkaziladi. Operatsiyalar jarrohlik aralashuvi muvaffaqiyatli va ayol uchun asoratsiz kechayotganini kafolatlash maqsadida bosqichma-bosqich, tanaffuslar bilan amalga oshiriladi. Lakdavala ayolni davolashga ketadigan xarajatlar xayr-ehsonlar hisobiga qoplanishiga umid qilmoqda. U shu maqsadda change.org saytida mablag'lar yig'ishni tashkillashtirgan.

Vazir Svaraj esa noodatiy mehmonga muvaffaqiyat tilab qolgan.

O'z navbatida, shifokor Svarajga viza borasida ko'rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan hamda u "Iymonga yashash uchun ikkinchi imkoniyat berganini" aytgan.

Manba: Kun.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 418 | Добавил: ADMIN | Теги: Dunyodagi eng og'ir ayol Hindistong | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: