Marokand.Net - Мултимедный Портал » Chitalik ayol “Alyonka” shokoladidagi qizcha ekanligini aytib, 3 million dollar talab qildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:58
Chitalik ayol “Alyonka” shokoladidagi qizcha ekanligini aytib, 3 million dollar talab qildi
Farrosh bo‘lib ishlaydigan chitalik 50
yoshli Yelena Anisina mashhur “Alyonka”
shokoladi o‘ramiga uning bolalikdagi
surati tushirilganini ma’lum qildi, deb
yozadi TJournal.

“Uch yoshligimda onam bilan ko‘chada
ketayotganimizda plash kiyib, bo‘yniga
fotoapparat osgan muxbirlar yo‘limizni
to‘sdi va meni bir necha marta suratga
tushirdi, men o‘shanda ro‘mollar o‘rab,
yoqimtoygina bo‘lib turgandim. Ular
oyimga suratim ‘Krasniy Oktyabr’
shokoladi o‘ramiga tushirilishini aytdi”, —
dedi ayol.

Tovon puli sifatida ayol “Krasniy
Oktyabr”dan 200 million rubl yoki 3
million dollar olmoqchi, u ekspertizadan
o‘tishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan
birga, u onasi bu voqeani eslay olmasligini,
ammo o‘zi o‘z xotiralarining rostligiga
ishonchi komilligini e’tirof etdi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 461 | Добавил: ADMIN2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: