07:40 Chexiyada sher qafasga kirib borgan egasini tilkalab tashladi… | |
Fojia Chexiyaning Zlinskiy o'lkasiga qarashli Zdexov qishlog'ida yuz berdi. 34 yoshli Mixal Prasek hovlisiga ikkita qafas o'rnatib, birida erkak, ikkinchisida urg'ochi sherni asrardi. Ammo vahshiy hayvonlarni uyida asrash uchun litsenziyasi yo'qligi sababli huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tarafidan siquvga olingan. Qishloqdagilar ham bunday xavfli jonivorlarni saqlayotganidan norozi edilar. Ko'p marotaba mahalliy rahbarlarga arz ham qilishgan. Qolaversa, yaqinda urg'ochi sherni ko'chada arqonga solib sayr qildirayotganda, velosipedda kelayotgan yigit unga urilib ketib, baloga qolgan. Yigitni urg'ochi sher tirmalab tashlagan. U jiddiy tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgandi. Marhumning xonadoniga yetib kelgan politsiyachilar ikkala sherni ham otib o'ldirgachgina, Mixalning tilkalangan jasadini qafasdan olib chiqishdi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |