Marokand.Net - Мултимедный Портал » Bollivud yulduzi Shohruhxon AQSh aeroportida qo`lga olindi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

19:09
Bollivud yulduzi Shohruhxon AQSh aeroportida qo`lga olindi
Mashhur hind aktyori Shohruhxon 12
avgust kuni tunda AQShning Los-
Anjeles shtati aeroportida qo`lga
olingan, deb xabar beradi “TASS”.

Shohruhxon pokemon tutgani uchun
migrasiya xizmati tomonidan so`roq
qilingan. Mazkur hodisa haqida aktyor
o`zining Twitter`dagi rasmiy sahifasida
ma`lum qilgan.

“Men butun dunyoda qabul qilingan
xavfsizlik choralarini tushunaman va
hurmat qilaman, biroq har safar AQSh
migrasiya xizmati tomonidan qo`lga
olinaverish, haqiqatdan ham
charchatadi”,—deb yozadi aktyor
o`zining mikroblogida.

Shohruhxonning aytishicha, u bo`sh
vaqtini pokemon tutish bilan
o`tkazishga qaror qilgan. Ammo hind
kinosidan umuman bexabar aeroport
xodimlariga uning xatti-harakatlari
shubhalidek tuyuldi. Aeroport xodimlari
soqchilarga murojaat qilganidan so`ng
Shohruhxon qo`lga olingan va so`roq
qilingan.

Bu Bollivud yulduzining AQSh
aeroportida birinchi marta qo`lga
olinishi emas. 2012 yilda u talabalar
bilan uchrashish uchun bir necha
hamkasblari bilan AQShga uchib
kelganida ham huquq-tartibot
organlari tomonidan so`roq qilingan
edi.

O`shanda aktyor ikki soatcha vaqtini
hibsda o`tkazgan edi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 1118 | Добавил: ADMIN | Теги: Bollivud yulduzi Shohruhxon AQSh ae | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: