Marokand.Net - Мултимедный Портал » Boks afsonasi Muhammad Ali 74 yoshida vafot etdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

09:57
Boks afsonasi Muhammad Ali 74 yoshida vafot etdi
Amerikalik afsonaviy bokschi, inson
huquqlari kurashchisi, og‘ir vazn toifasida
uch karra jahon chempioni Muhammad Ali
74 yoshida vafot etdi, deb xabar
bermoqda NBC News.

Muhammad Ali mahalliy vaqt bilan 3-iyun,
juma kuni, Finiks shahridagi
shifoxonalardan birida jon berdi. Marhum
bokschi nafas olishga qiynalayotgani
sababli shifoxonaga yetkazilgan va u
yerda bir necha kun o‘tkazgan edi.

“Muhammad Ali 32 yil davomida Parkinson
xastaligiga qarshi kurashdi. U 74 yoshida
hayotdan ko‘z yumdi. Uch karra jahon
chempioni endi oramizda yo‘q”, –
dedi marhumning rasmiy vakili Bob
Gannell.

Professional faoliyati davomida
Muhammad Ali 61 ta jang o‘tkazib, 56
tasida (shulardan 37 tasida nokaut bilan)
g‘alaba qozonib, 5 tasida mag‘lubiyatga
uchragan. U 1960-yilgi Olimpiada
chempioni bo‘lgan. 1999-yilda Ali “Asrning
eng yaxshi sportchisi” deb tan olingandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 548 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: