Marokand.Net - Мултимедный Портал » Birobijandagi kasalxonada bemor tanasida unutib qoldirilgan doka tufayli vafot etdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

08:32
Birobijandagi kasalxonada bemor tanasida unutib qoldirilgan doka tufayli vafot etdi
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi
Yahudiylar muxtor viloyati markazi —
Birobijan shahri fuqarosi parishonxotir
shifokorlar tufayli olamdan o‘tdi, ular
operatsiya qilayotib, uning tanasida bir
bo‘lak dokani unutib qoldi. Bu haqda
Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat
bo‘yicha boshqarmasiga tayanib,
“Interfaks” xabar berdi.

“Qorin bo‘shlig‘idagi doka salfetka yiringli
peritonit va zaharlanish rivojlanishiga olib
keldi”, — deyiladi xabarda. Hodisa
yuzasidan “ehtiyotsizlik tufayli o‘limni
keltirib chiqarish” moddasi bo‘yicha
jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda hodisa yuz bergan vaziyat va
unga aloqador shaxslar aniqlanmoqda,
qator ekspertizalar belgilandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 536 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: