Marokand.Net - Мултимедный Портал » Bedavo dardga chalingan bola tug`ilganda, uning ota-onasi dahshatga tushgandi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:07
Bedavo dardga chalingan bola tug`ilganda, uning ota-onasi dahshatga tushgandi
Endigina 5 yoshga to`lgan Evan Fassino shu qisqagina umrini faqatgina bedavo dard bilan kurashib o`tkazdi, deb xabar berdi “Topfact.su” nashri.

U endigina dunyoga kelganida, odamdan ko`ra ko`proq o`zga sayyoralikni eslatardi. Irsiy kasallik tufayli bolaning terisi oddiy odamlarnikidan ko`ra o`n barobar tezroq rivojlanardi.

Shuning uchun u hatto ko`zlarini ochishga ham qiynalardi. Evan tug`ilganidan keyin ikki hafta o`tgach, ilk marotaba olamni ko`rish baxtiga muyassar bo`ldi. U ikki oy davomida vrachlarning qat`iy nazorati ostida bo`ldi. Aksariyat hollarda, jiddiy ixtioz kasalligiga chalingan odamlar uzoq yashamaydi.

Vrachlar ham Evan tug`ilgandayoq, uning ota-onasiga bolaning umri qisqaligini ma`lum qilishdi. Ammo ular bundan tushkunlikka tushmay, farzandlarining hayotini baxt va quvonchga to`ldirishga harakat qilishdi. Hozir u 5 yoshga to`ldi, tengdoshlari orasida o`zgachaligi tufayli mashhurlikka erishdi va o`zini juda baxtli hisoblaydi.

Evan bir kunda ikki marta vannaga tushishga majbur bo`lsa-da, hayotidan mamnun. Uni ota-onasi va ukasi juda yaxshi ko`radi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 418 | Добавил: ADMIN | Теги: Bedavo dardga chalingan bola tugilg, uning ota-onasi dahshatga tushgandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: