Marokand.Net - Мултимедный Портал » Avstraliyalik yigit qizni hayratda qoldirish uchun timsohlarga to‘la daryoga sakradi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:45
Avstraliyalik yigit qizni hayratda qoldirish uchun timsohlarga to‘la daryoga sakradi
Avstraliyalik 18 yoshli o‘smir Li De Paau o‘zi yaxshi ko‘rgan qizni hayratga solish uchun Avstraliyaning Innisfeyl shahridagi timsohlarga to‘la Jonston daryosiga sakragan. Bu haqda TJournal ma’lum qildi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘smir daryoga sakraganidan so‘ng bir necha soniya o‘tib, timsoh uning chap qo‘liga tashlandi. Timsohning uzunligi, taxminan, uch metrni tashkil qilgan. Li timsohning burniga va ko‘ziga urib, uning changalidan xalos bo‘lgan va qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘smir darhol kasalxonaga olib borilgan va jarohatlangan qo‘li operatsiya qilingan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, og‘ir jarohatlarga qaramasdan, o‘smirning ahvoli yaxshi va hozir tibbiy muassasada davolanmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 381 | Добавил: ADMIN | Теги: Avstraliyalik yigit qizni hayratda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: