16:31 Avstraliyalik ayol 18 kilogramm vaznga ega chaqaloqni dunyoga keltirdi | |
Avstriyada 272 kilogramm vaznga ega ayol 18 kilogramli chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda Life. Ayolning salomatligidan xavotirga tushgan shifokorlar bolani kesarcha kesish yo`li bilan tug`ruqni amalga oshirishdi. ![]() Dastlab, shifokorlar avstraliyalik ayol uch egizakni dunyoga keltirishini taxmin qilishgan edi. Biroq, ayol yirik vaznga ega bir nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Chaqaloqni taroziga qo`ygan shifokorlar o`z hayratini yashirolmadi: Tarozi 18,1 kilogram og`irlikni ko`rsatayotgan edi. Hozirda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ma`lumot uchun, so`nggi marta bunday katta vaznga ega chaqaloq 1839 yilda dunyoga kelgan edi. O`shanda chaqaloqning vazni 17,2 kilogrammni tashkil etgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |